"Nasaf" va "Mash’al"ning o‘zaro o‘yinlardagi yirik hisobdagi g‘alabalari bir xil. "Ajdarlar" oxirgi o‘yinlardagi gollar shousini derbida ham davom ettira oladimi?
«Nasaf» Superliganing 21-turida «Mash’al» jamoasi mehmoni bo‘ladi. Derbi 2 oktyabr kuni kuni Muborakdagi «Bahrom Vafoev» stadionida o‘tkaziladi. Mazkur bahs soat 15:30da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 33 bor kuch sinashishgan. 18 uchrashuvda «ajdarlar», 8 o‘yinda «gazchilar» zafar quchgan. 7 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar farqi 53-29ga teng. Ustunlik "ajdarlar" tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Mash’al» 4:1, «Mash’al» – «Nasaf» 4:1.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2021 yili 9 iyul kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu bahsda «Nasaf» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yagona golga G‘olib G‘aybullaev mualliflik qilgan.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
09.07.2021 Nasaf — Mash’al 1:0
02.10.2020 Nasaf — Mash’al 4:1
21.06.2020 Mash’al — Nasaf 0:0
26.10.2017 Mash’al — Nasaf 1:2
18.05.2017 Nasaf — Mash’al 1:0

Fikrlar