“Nasaf”ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Al Faysali” hamon o‘ziga kela olmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun OFK kubogida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. OChL pley-off bosqichida Qarshining “Nasaf” klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan Iordaniyaning “Al Faysali” klubi OFK kubogida ishtirok  etmoqda.

Bugun ular o‘z maydonida Suriyaning “Al Vahda” klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuvda kuchlar teng keldi – 2:2.

E’tiborlisi, “Al Faysali” “Nasaf”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jami 3 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shularning birortasida g‘alaba nimaligini bilmadi.

Jumladan, milliy chempionat doirasida bir o‘yinda mag‘lub bo‘lib, birida durang o‘ynagan bo‘lsa, uchinchisi bugungi bellashuv bo‘ldi.

OFK kubogi. 1-tur

“Al Faysali” (Iordaniya) – “Al Vaxda” (Suriya) 2:2.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!