
"Nasaf"ning braziliyalik futbolchisi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Avvalroq, xabar berganimizdek, Qarshining "Nasaf" klubi yozgi transfer oynasi paytida o‘z tarkibini kuchaytirish uchun bir qancha xaridlarni oshirmoqda. Xususan, bugun "ajdarlar" o‘z safiga braziliyalik Mateus Limani qo‘shib oldi. Futbolchi bugun Toshkentda qarshiliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va kechki payt "Nasaf" ixtiyoriga etib bordi. Shundan so‘ng Mateus "Nasaf" matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men bu erga kelganimdan juda ham xursandman. O‘z o‘yinim bilan muxlislar mehrini qozonishga va jamoa yordam berishga harakat qilaman" - deydi Mateus Lima.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" Mateus Lima bilan necha yillik shartnoma imzolagani hali rasman ma’lum qilinmagan.
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar