“Navabahor” Turkiyada qaysi jamoalarga qarshi maydonga tushadi?

  • 17.01.2026 01:24
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namanganing “Navbahor” jamoasi Turkiyada yig‘in doirasida qaysi klublarga qarshi maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida klub matbuot xizmati o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.   

Avvalroq xabar berganimizdek, jamoamiz a’zolari qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining navbatdagi bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaga uchib ketishgan edi. Ushbu yig‘in 2 bosqichda davom etishi rejalashtirilgan. 

Unda asosiy e’tibor o‘yin amaliyotiga qaratiladi va bir nechta nazorat-sinov uchrashuvlari o‘tkaziladi.

“Lochinlar”ning Turkiyadagi barcha sparring raqiblari hamda o‘yinlar sanalari ma’lum bo‘ldi va quyidagicha ko‘rinishda: 

18 yanvar "Napredak" (Serbiya) 
22 yanvar "Malisheva" FS (Kosova) 
28 yanvar "FS Pelister" (Shimoliy makedoniya) 
8 fevral "Rubin" (Kazan) 
12 fevral "Aktobe", "Baltika"
16 fevral "Dinamo" (Tbilisi)

Turkiyadagi mashg‘ulotlarda futbolchilarga kuch-quvvat, bo‘lajak nazorat-sinov bahslarida esa omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Izoh: 12 fevral kuni ikkita o‘yin o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bois "Aktobe" va "Baltika" jamoalari qayd etilmoqda”, deyiladi berilgan xabarda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!