"Navbahor", "Neftchi", "Paxtakor" va boshqa jamoalardan futbolchilar jazolandi. Samvel Babayanga jarima qo‘llanildi. Nega?

  • 11 may, 2022, 17:47
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

AGMK — “Qo‘qon-1912”

Superliga 5-turi doirasidagi AGMK — “Qo‘qon-1912” uchrashuvida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Dilshod Rahmatullaev uchrashuvning 30-daqiqasida raqib o‘yinchisiga nisbatan o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Dilshod Rahmatullaevga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“NEFTChI” — “BUNYoDKOR”

Superliga 5-turi doirasidagi “Neftchi”— “Bunyodkor” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Husniddin G‘ofurov o‘yinning 90-daqiqasida bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Husniddin G‘ofurovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“PAXTAKOR” — AGMK

Superliga 6-turi doirasidagi “Paxtakor”— AGMK uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Sherzod A’zamov uchrashuvning 79-daqiqasida o‘yin qoidasini buzgandan so‘ng bosh hakamning qaroridan o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani va uning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sherzod A’zamovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“LOKOMOTIV” — “SURXON”

Superliga 6-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Surxon” uchrashuvining 90+6-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Kaxi Maxaradze o‘yin qoidasini buzgandan so‘ng “Surxon” jamoasi murabbiyi Julen Esnaola Erro texnik zonani tark etib, “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kaxi Maxaradze sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, Kaxi Maxaradze ham bunga javoban o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani va Julen Esnaola Erro sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Julen Esnaola Erro (“Surxon”) va Kaxi Maxaradze (“Lokomotiv”)ning har ikkisiga nisbatan nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Mazkur klublar tomonidan 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani aniqlandi.

Shuningdek, yuqoridagilardan kelib chiqib taqdim etilgan video yozuvni inobatga olgan holda “Lokomotiv” va “Surxon” futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“QIZILQUM” — “NAVBAHOR”

Tartib-intizom qo‘mitasi Superliga 6-turi doirasidagi “Qizilqum”— “Navbahor” uchrashuvidagi bir qator vaziyatlarni ko‘rib chiqdi. Xususan, uchrashuvning 31-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Timur Nabiev o‘yin qoidasini buzgandan so‘ng maydondan chetlashtirilgan vaqtda tribuna osti yo‘lakchasida to‘p uchun mo‘ljallangan tumbani tajovuzkor ko‘rinishda tepib sindirgan.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limga qo‘shilgan 6 daqiqa ichida “Navbahor” zaxira o‘yinchilari va murabbiylar shtabi provokatsion harakatlarni boshlashdi. Jumladan, Samvel Babayan ko‘p marotaba texnik zonani tark etib, hakamlar va raqib futbolchilariga bosim o‘tkazdi.

90+6-daqiqada esa “Navbahor” futbolchisi Ehsoni Panshanbening o‘yinni cho‘zishga urinishi natijasida “Qizilqum” futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov og‘zaki janjalni boshladi. Shundan so‘ng maydondagi futbolchilar o‘rtasida tartibsizlik yuzaga kelgan. Ushbu mojaroga “Navbahor”ning zaxira o‘yinchilari va murabbiylar shtabi aralashganidan so‘ng “Qizilqum” jamoasining zaxira o‘yinchilari va murabbiylar shtabi ham janjalga aralashishdi.

Bundan tashqari, final hushtagi yangraganidan so‘ng “Navbahor” jamoasi g‘alabani provokatsion tarzda nishonlay boshladi, bu esa “Qizilqum” futbolchisi Islom To‘xtaxo‘jaev va “Navbahor” futbolchisi Ehsoni Panshanbe ishtirokida navbatdagi tartibsizlikka sabab bo‘ldi. “Navbahor” jamoasi vakillari futbolchilarni tinchlantirish o‘rniga, raqibni so‘kishda davom etishdi. Xususan, “Navbahor” ustozlari tomonidan “Qizilqum”ning xorijlik futbolchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatildi. Bu esa “Qizilqum” futbolchilarining tajovuzkorligini yanada kuchaytirdi.

Qo‘mita yuqoridagi barcha vaziyatlarni o‘rganib chiqdi va quyidagicha qaror chiqardi:

Futbolchilar — Timur Nabiev, Islom To‘xtaxo‘jaev (“Qizilqum”) va Ehsoni Panshanbe (“Navbahor”)ga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Agarda kelgusida bu kabi holatlar takrorlasa, unga nisbatan jiddiy intizom choralari qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, mazkur klublar tomonidan 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, taqdim etilgan video yozuvni inobatga olgan holda “Qizilqum” va “Navbahor” futbol klublariga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“YuNIRED” — “ShAHRIXONChI”

Birinchi liga 3-turi doirasidagi “Yunired”— “Shahrixonchi” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Tursunboy Husanov uchrashuvning 45-daqiqasida zaxira va bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Tursunboy Husanovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
11/05/2022 18:08
Гап йук нимадур килиб ютдинг кизилкумни нима киласан жанжал чикариб. Яхши иш болмаган бизни Навбахор жамоамиз томонидан бу уйаларли холат биз халол фудбол тарафдоримиз. Факкат ва факкат халол уйнаб вактни чузмай эркакча уйнаб бутун узбекистонга йокадигон хужумкор куркинчлик жамоага яни катта гигант жамоага айланишини Аллохдан сураб коламан