
"Navbahor" 36 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
2017-2021 yillar oralig‘ida "Navbahor" safida to‘p tepgan va "Neftchi" safiga ko‘chib o‘tgan Mirzohid G‘ofurov faoliyatini yana sobiq jamoasida davom ettiradi.
O‘zPFL bergan xabarga ko‘ra, "lochinlar" uni liga ro‘yxatidan o‘tkazgan.
Ta’kidlash lozim, 36 yoshli qanot himoyachisi o‘tgan mavsum "yo‘lbarslar" safida jami 15 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fikrlar