“Navbahor” bosh murabbiyi muhim uchrashuvga baho berdi

  • 6 sentabr, 2020, 15:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFAning yirik turniri – Millatlar ligasining ikkinchi turida Rossiya terma jamoasi safarda Vengriyaga qarshi to‘p suradi.“Navbahor”ning rossiyalik bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ushbu uchrashuv oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Vengriyaliklar bilan o‘yin biz uchun doimo og‘ir o‘tgan, sobiq Ittifoq davridan ularda juda yaxshi jamoa shakllangan. Bizga Sharqiy Evropa jamoalari bilan o‘ynash qiyin bo‘lib kelgan. SSSR davrida ular bu terma jamoani mag‘lub etishga alohida urg‘u berardi va yutgan taqdirda ular uchun katta bayram edi.

Agar hozirgi kun matbuotga qarab baho beradigan bo‘lsak, Vengriya futbolida o‘sish kuzatilyapti. Taniqli futbol agenti Shandor Varga bilan gaplashganimda ham, mamlakatda o‘yinchilar va jamoalar saviyasi oshganini ta’kidladi. Shuning uchun yigitlarimiz kurashga jiddiy tayyorlanishi kerak, o‘yin qiyin bo‘ladi.  G‘alabaga ishonamiz va muxlislik qilamiz. Hozir men davolanayotgan kasalxonada futbolni tomosha qilishga imkon bo‘lmasa, internet orqali ko‘raman, - dedi rossiyalik mutaxassis.

Har ikki terma jamoa ushbu musobaqaning birinchi turida zafar quchib, o‘z guruhida etakchilik qilmoqda. Rossiyaliklar Serbiya ustidan g‘olib chiqqan bo‘lsa, Vengriyani Turkiyani mag‘lub etdi.

Vengriya-Rossiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!