"Navbahor" bu ko‘rsatgich bo‘yicha 6-jamoa bo‘ldi

  • 13 dekabr, 2022, 23:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Navbahor” yakunlangan mavsumda o‘z tarixida ilk bor vitse-chempionlikni qo‘lga kiritib, kumush medal sohibiga aylandi.

Tecno

Shu tariqa, jamoa O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi barcha medallarga ega chiqqan klublar qatoridan joy oldi. Bungacha “lochinlar” hisobida  1 ta oltin va 9 ta bronza medallari bor edi.

“Navbahor” O‘zbekiston Superliga (oliy ligasi) tarixida barcha medallarni qo‘lga kiritgan 6-jamoa bo‘ldi. Bungacha “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” hamda MHSK klublari oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishgandi, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!