
"Navbahor" feyr-pleyga amal qilmadi, ularni g‘alaba bilan tabriklay olmayman" - Predrag Rogan
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Navbahor" o‘yinining so‘nggi daqiqalarida gol urgan mehmonlar g‘alabani ilib ketdi. Bellashuvdan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi Predrag Rogan matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Birinchi marta raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklay olmayman. Barchamiz ko‘rdik, o‘yin 11x11 bo‘lmadi. Ular feyr-pley qoidalariga amal qilmadi. Sportni, raqibni hurmat qilish kerak. Raqib bir necha marotaba sport printsiplariga zid harakat qildi. Uzr, lekin men bu bahs haqida boshqa gapirishni istamayman".
Fikrlar
с. ккан деп санам тан омасангам барибир с. кти к. тлари ачишип кетиптида