"Navbahor" futbolchisiga Eronning "Istiqlol" klubi qiziqib qoldi
“Navbahor” klubining tojikistonlik yarim himoyachisi Exsoni Panshanbega hamon chetdan qiziqishlar bo‘lib turibdi.
Bundan avval Panshanbega Rossiya klublari tomonidan ham taklif bo‘lgani haqida xabar bergandik. Joriy mavsum namanganliklar safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib 2 ta gol muallifiga aylangan yarim himoyachi endi eronliklarning e’tiborini o‘ziga qaratyapti.

Gap shundaki, barchamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan Eronning “Istiqlol” klubi “Navbahor” yarim himoyachisining o‘yinlarini kuzatib kelgan va unga qiziqish bilan qaramoqda.

Bu borada “Istiqlol” klubi o‘zining telegram kanalida post qoldirgan. Lekin “Istiqlol” klubi “Navbahor”ga Panshanbe borasida rasmiy taklif bilan chiqdimi, bunisi hali noma’lum. Shuni ta’kidlash kerakki, futbolchini namanganliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor.

Fikrlar