
Navbahor Hamidova AQShlik bokschini taslim etdi
"Parij"-2024" Olimpiadasi davom etadi.
Boks bo‘yicha -66 kg vazn toifasida AQShlik Mkken Morellaga qarshi ringga chiqqan Navbahor Hamidova kichik farq bilan raqibasini mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Birinchi raundni o‘z foydasiga hal qilgan bokschimiz (4:1), ikkinchi raundda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydi (1:4). Tengma-teng kechgan uchinchi raundda bokschimiz kichik farq bilan zafar quchdi (3:2) va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar