"Navbahor" ikki futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 16.01.2026 10:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Navbahor" Komiljon Tojidinov va Asadbek Joʻraboev jamoani tark etganini eʼlon qildi.

"Ayni vaqtda yurtimizda mavsumlar oraligʻidagi tanaffus payti. Shu bois, jamoalar tarkibida oʻzgarishlar boʻlishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.

Oʻtgan mavsumda “lochinlar” sharafini himoya qilgan mahoratli futbolchilar - yarim himoyachi Komiljon Tojidinov va hujumchi Asadbek Joʻraboevlar jamoamizni tark etishdi. Tojidinov oʻtgan mavsumda jamoamiz tarkibida Oʻzbekiston Superligasi hamda kubogi oʻyinlarida jami 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 425 daqiqa oʻynagan boʻlsa, Joʻraboev yuqorida keltirilgan ikki musobaqa uchrashuvlarida jami 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 329 daqiqa toʻp tepgan.

Biz mazkur oʻyinchilarga “Navbahor”dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlarida omad yor boʻlishini tilaymiz", - deya xayrlashdi jamoa futbolchilar bilan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!