“Navbahor” “Nasaf” yetakchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Navbahor” Husain Norchaevni oʻz safiga qoʻshib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.
Oʻtgan mavsum “Nasaf” safida harakat qilgan hujumchi yangi mavsumni namanganliklar safida boshlaydigan boʻldi. Norchaev oʻtgan mavsum qarshiliklar safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol kirdi va 2 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar