"Navbahor" Shaxzod Ubaydullaev bilan shartnoma tuzdi

  • 09.12.2024 22:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” klubi qishki selektsiyada tarkibiga mahalliy hujumchini qo‘shib oldi. Kosonsoylik 26 yoshli futbolchi Shaxzod Ubaydullaev rasman “Navbahor” a’zosiga aylandi.

Futbolchi oxirgi ikki mavsumni “Metallurg”da o‘tkazdi. Yakuniga etgan mavsumda u bekobodliklar safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 2 ta gol urdi hamda 3 ta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!