
“Navbahor” tepgan penalti “tozamidi”? “Paxtakor” futbolchisi tan oldi!
SPORTS.uz sayti jurnalisti Faxriddin Ro‘ziev o‘z telegram kanalida "Paxtakor" - "Navbahor" o‘yinidagi bahsli penalti masalasiga oid qiziq ma’lumotni e’lon qildi.
"Sport telekanalida uzatilgan kadrda “kontakt” topolmay, nega 11 metrli nuqta ko‘rsatilganini tushunmagan edim. VAR mazkur epizodga darvoza ortidagi kamerada olingan lavha orqali xulosa bergan ekan…
Aniqlik kiritish maqsadida o‘sha epizodda ishtirok etgan Muhammadqodir Hamraliev bilan gaplashdik. “Sherlar” himoyachisi rostan ham to‘pga ulgurmagani va Abduxoliqovning oyog‘iga kuchsiz zarba berganini tan oldi. E’tiroz esa hujumchi to‘pga tashlanar ekan, maydonga qulab bo‘lgani uchun bildirilgan.
Xullas, dastlabki penaltida “kontakt” bor ekan. Vaziyat bo‘yicha komissiyaning yakuniy qarorini kutamiz."
Fikrlar
Навбахор ва Пахтакор ўйинларига четдан хакам олиб келиш керак.Ўзимизни хакамлар қўрқиб қолишибди.Суперлига анча яхши бошланда.Нефтчиниям яхши старти интригани кучайтирди.Шундоқ давом этса 4-5 жамоа охиригача чемпионлик учун ўйнаса зўр бўларди.Ким чемпион бўлишини лично манга фарқи йўқ.Нефтчи,Насаф,Бунёдкор,Пахтакор,Навбахор.Насафни билмадими қолган 4 жамоа чемпионликни олган жамоалар.Насаф бўлганмиди эсимда йўқ .Жамоаларимизга ОЧЛ да омад