"Navbahor" "Tilla bola" bilan shartnoma imzoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumni ijara asosida "Navbahorda" o‘tkazgan Shohruh Mahmudhojiev "lochinlar" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Paxtakor" bilan shartnomasi yakunlangan Mahmudxojiev namanganliklar safiga erkin agent maqomida qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Shohruh O‘zbekiston kubogining chorak final bahsining so‘nggi daqiqalarda “Nasaf” darvozasiga belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!