"Navbahor" Turkiyaga jo'nab ketdi

  • 14.01.2026 12:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Navbahor" jamoasi a'zolari Turkiyaga jo'nab ketdi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” jamoasi a'zolari bugun Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan joriy yilgi ilk xorij o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketishdi.

Antaliyadagi yig‘in doirasida “lochinlar” bir qator xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirishgan. Mazkur raqiblar borasida qo‘shimcha ma'lumot beramiz. Turkiyadagi yig‘inning 30 yanvargacha davom etishi rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!