"Navbahor" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

  • 16 iyul, 2021, 21:06
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 2-davra bahslariga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” jamoasi futbolchilarning sport formalarini saqlab turish maqsadida, 19 iyul kuni xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda "lochinlar" matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Namanganliklarga shu kuni Qirg‘izistonning “Alay” (Osh) jamoasi raqib bo‘ladi. Mazkur klub bu yil Tojikistonda markazlashgan holda o‘tkazilgan OFK kubogi guruh bosqichida Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan bir guruhdan joy olib, qarshiliklardan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

“Alay” 8 ta jamoa ishtirok etadigan Qirg‘iziston Premer-liga ishtirokchisi va ayni paytda 12 ta o‘yinda 22 ochko to‘plagan holda, 3-o‘rinda bormoqda.

“Navbahor” – “Alay” jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik bahsi 19 iyul kuni soat 19:00 da Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
17/07/2021 00:01
ТОЖИКИСТОННИНГ ИСТИҚЛОЛИ БИЛАН ҲАМ ЎЙНАБ КЎРСА КОНИ ФОЙДА БЎЛАДИ НАВБАҲОРГА
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
16/07/2021 23:49
Mana bulaykanki. Qushnilar bilan shunoqa uyinlarni kupayterish kerak. uzi. 4 Davlatdan. 2 klub. 8 kamanda. 2 guruhka bulinib. chempionatcha utkazish kerak. zur buladi.