
"Navbahor"da nima gaplar?
"Navbahor" Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Jamoasining rossiyalik legionerlari – yarim himoyachi Ivan Solovyov va hujumchi Ruslan Bolov, shuningdek, otasi vafot etganligi munosabati bilan “lochinlar”ning so‘nggi kunlardagi mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmagan tajribali yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov bugun ertalab jamoa qarorgohiga etib keldi. Mazkur futbolchilar “Navbahor” mashg‘ulotida shug‘ullanishni boshladi.
“Navbahor”ning rossiyalik yana bir yarim himoyachisi Pavel Golishev klub rahbariyati bilan kelishgan holda, ikki tomonlama kelishuv asosida jamoani tark etgani borasida xabar bergandik.
Fikrlar