"Navbahor"dan yana bir ajoyib transfer yangiligi
Kecha saytimizda "Navbahor" klubining transferlariga oid material chop etgandik. Unda Jasur Yaxshiboev "lochinlar" safiga kelib qo‘shilgani borasida xabar bergandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Yaxshiboev namanganliklar bilan shartnoma imzolagan. Hozircha, tomonlar qancha muddatga bitim tuzishgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Ammo klub matbuot xizmati tez orada ushbu transferni e’lon qilishi kutilmoqda.
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatib boring.

Fikrlar