"Navbahor"ga gol urgan legionerimiz: "Imkon bo‘ldi va gol urdim"

  • 2 fevral, 2023, 15:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning "Rubin" klubida to‘p tepadigan hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev "Navbahor"ga qarshi o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ushbu bahsdan so‘ng futbolchimiz rossiyaliklar matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berib o‘tdi. 

Tecno

"Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. "Navbahor" biz kutgandek o‘yin namoyish etdi. Albatta, bunchalik yirik hisob bo‘ladi, deb o‘ylamagandik. 

Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Biroq raqibimiz ham o‘z o‘yinini namoyish eta olmagandek taassurot qoldirdi. "Navbahor" - O‘zbekiston chempionatining ikkinchi jamoasi. 

Golimga keladigan bo‘lsak, imkon bo‘ldi va undan foydalandim. 

- Ushbu bahsda hamyurtingiz Rustam Ashurmatovning o‘yiniga qanday baho berasiz?

- U yaxshi harakat qildi. Menimcha, unda sobiq jamoasiga qarshi qanday o‘ynash instinkti mavjud. Lekin o‘yinimizga yakuniy bahoni murabbiy beradi", - dedi legionerimiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!