
"Navbahor"ga kim murabbiy bo‘lishi aniq?!
Bugun Samvel Babayan "Navbahor" ustoziga aylanishi borasida xabarlar tarqalganidan so‘ng, ayrim muxlislar unga nisbatan salbiy fikrlarni bildirdi. Bunga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida o‘z munosabat bildirdi.
"Navbahor" matbuot xizmati Diyor Imomxo‘jaevning ushbu postini klub rasmiy saytiga joyladi. Qiziq tomoni shundaki, PFL direktorining ijtimoiy tarmoqdagi fikrlarini rasmiy saytga joylash bilan "Navbahor" jamoasi Samvel Babayan murabbiy bo‘lishiga ishora qilgandek bo‘ldi.
Diyor Imomxo‘jaev "Navbahor"ga kelishi kutilayotgan murabbiy haqida fikr bildirdi
Samvel Babayan "Navbahor" klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod
Bir necha oy avval, saytimiz orqali Xitoydagi faoliyatini birdaniga tugatgan Samvel Babayan "Navbahor" murabbiyligiga asosiy nomzod ekanligi haqida yozgandik.
Tez orada "Navbahor" klubi rahbariyati murabbiy masalasiga nuqta qo‘yishi kutilmoqda. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. SPORTS.uz saytidan uzoqlashmang!
Fikrlar