"Navbahor"ning yangi futbolchilari qaysi raqamlarda to‘p suradi?

  • 28.07.2021 22:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Navbahor” jamoasi Namangandagi “Markaziy” stadion maydonida navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.

Tecno

Ushbu jarayon yakunida esa, davralar oralig‘ida tarkibga qo‘shilgan yangi o‘yinchilar o‘zlariga tegishli raqamlar tushirilgan futbolkalarni qabul qilib olishdi.

Unga ko‘ra, Ilhom Alijonov 28, Boyan Naydenov 88, Ibrohim G‘anixonov 20, Boyan Tsiger 4 va Kosta Gutiner 14-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.

navbahor

Biz ushbu futbolchilarning “Navbahor” safida ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, jamoamiz g‘alabalariga o‘z ulushlarini qo‘shishlariga, yorqin o‘yinlari bilan namanganlik muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishlariga tilakdoshmiz.

Biz yangi futbolchilarning barchasiga “Navbahor”ga xush kelibsiz!” deb qolamiz, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!