Navbatdagi el-klasiko Las-Vegasda bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid hamda "Barselona" jamoalari AQShda o‘zaro o‘yin o‘tkazishi mumkin. Ushbu bahs Qo‘shma Shtatlarning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

"Marca" nashrining xabar berishicha, klublar iyun oyida Las-Vegasdagi "Allegian" o‘yingohida halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shuningdek, "Yuventus" va "Milan" jamoalari ham ularga raqiblik qilishi kutilmoqda.

Mazkur grandlar o‘z o‘yinlarini Las-Vegasdan tashqari AQShning San-Diego va Los-Anjeles shaharlarida davom ettirishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘ziga hos kichik musobaqa bo‘lib, uni Halqaro chempionlar kubogi asoschisi sanalmish  "Relevent Sports" kompaniyasi tashkillashtiradi, deya xabar qildi yuqoridagi manba.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!