Nazorat oʻyini. "Dinamo" BAA klubi darvozasiга javobsiz 5 ta gol urdi
"Dinamo" jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizioni vakili "Galf Yunayted"ga qarshi uchrashuvda murabbiylar bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuvda Samarqand klubi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarga Rasul Yo‘ldoshev, Xislat Xalilov, Aziz Amonov (dubl) va NurulloTo‘xtasinovlar mualliflik qildi – 5:0.
Shu tariqa, "Dinamo" Dubaydagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida mahalliy jamoa ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Navbatdagi o‘yin – 25 yanvar kuni Moskvаning CSKA jamoasiga qarshi Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar