Nazorat uchrashuvi. “Lokomotiv” “Olmaliq”ni mag‘lub etdi
Bilasiz, milliy terma jamoa o‘yini sabab Oliy Ligada qisqa tanaffus yuzaga kelgan. Ushbu tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida aksariyat jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishmoqda. Jumladan, bugun "Lokomotiv" jamoasi "Olmaliq"qa qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Uchrashuv anchagina qiziqarli ko‘rinish oldi. Har ikki jamoa ustozlari ham ko‘rikda bo‘lib turgan hamda yoshlar tarkibida o‘zini ko‘rsatayotgan bir qator futbolchilarni maydonga tushirib, ularni sinab olishga urinishdi.
Yakunda o‘yin “Lokomotiv” foydasiga hal bo‘ldi – 2:0. "temiryo‘lchilar" tomonidan kiritilgan gollarga Sardor Mirzaev va yana bir ko‘rikdan o‘tayotgan futbolchi mualliflik qildi.
O‘rtoqlik o‘yini
"Lokomotiv" - "Olmaliq" 2:0.

Fikrlar