
"Neftchi" 1 mlrd so‘mga yaqin qarzdor!
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev "Neftchi"ning ayni damdagi holati haqida "Telegram" kanalida post qoldirdi.
"Neftchi" futbol klubini oldinda qiyin davr kutib turibdi deyish mumkin. Ayni holatning o‘zida klub "Paxtakor", "Navbahor", "Mash’al" kabi jamoalardan umumiy hisobda 1 mlrd so‘mga yaqin qarzdor (bu hozircha bizga ma’lum bo‘lganlari).
Bungacha klubda na selektsiya va na moliyaviy prognoz to‘g‘ri rejalashtirilgan degan xulosaga kelish mumkin", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev.
Fikrlar