"Neftchi" bosh murabbiyi: "AGMK bilan o‘ynash qiyinligini bilardik"
“Neftchi” – AGMK (1:3) o‘rtasidagi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko fikrlarini aytdi.
"O‘yin yaxshi bo‘ldi. Bu jamoani bilan o‘ynash qiyinligini bilardik. Ular oxirgi daqiqalarda gollar urishdi, bu gapimga isbot bo‘ladi. Birinchi gol mantiqsiz bo‘ldi, hujumchi teksari holatda to‘p kiritdi. Ikkinchi golni esa tezkor qayta xujum orqali kiritishdi. Shundan so‘ng o‘yinni qutqarish uchun hujumlar uyushtirdik. Lekin o‘xshamadi. Mahorat AGMKga nisbatan bizda biroz pastroq.
Futbolchilar vaziyatni ruhan his qilib tushunib turishibdi. O‘zlariga belgilangan vazifani bajarishga intilib xatoga yo‘l qo‘yishdi. Gol o‘tkazganimizdan so‘ng o‘yinimizda pasayish kuzatildi. O‘yinni ko‘rib chiqib, xatolarni tahlil qilib chiqamiz", - deydi Levchenko.

Fikrlar