
“Neftchi” lageridan daraklar
O‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan holda Pro-ligaga tushib ketgan Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi yangi mavsumga puhta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bahrom Haydarov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Pro-liganing "A" guruhida o‘z yurishini davom ettiradi. Mavsum starti oldidan klubning qator tajribali futbolchilarni tark etgan edi.
Ketganlarning o‘rnini esa Haydarov "Qo‘qon-1912"dan Nosirbek Otaqo‘ziev, Bahodir Akramov kelib qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek Ruslan Melziddinov ham faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi kutilmoqda. Olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, o‘tgan mavsumni "Andijon"da o‘tkazgan Sunnatilla Mamadaliev ham "Neftchi"da to‘p surishi mumkin.
Ayni vaqtda jamoa nazorat uchrashuvlari orqali mavsumga tayyorgarligini davom ettirmoqda. O‘tgan haftada klub Andijonning "Rash-Milk" klubi bilan 0:0 hisobida durang natija qayd etdi.
Fikrlar