"Neftchi" o‘rtoqlik bahsida "Yangier"ni yutdi. Tarkibda yana yangi futbolchi bor

  • 13 iyul, 2022, 22:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Neftchi” hamda “Yangier” jamoalari ishtirokida nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuvdan avval “Neftchi” klubining afsonaviy murabbiyi, hozirda “Bunyodkor”da faoliyat olib borayotgan Yuriy Sarkisyan sobiq jamoasi bilan uchrashib o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Tecno

Shundan so‘ng, “Bunyodkor” klubi direktori Ulug‘bek Mirzaev bilan birgalikda “Neftchi”ning yangi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga to‘n kiydirishdi. O‘z navbatida Levchenko bunday iltifot uchun minnatdorchilik bildirgan holda Yuriy Vazgenovichni “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladigan ochilish uchrashuviga taklif qildi.

yura

“Neftchi” ushbu o‘yinda 3:1 hisobida “Yangier” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.  

“Neftchi”:  Akbar To‘raev, Zoir Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Dilshod Jo‘raev, Lutfulla To‘raev, Umar Adxamzoda, Oybek Qilichev, Sirojiddin Qo‘ziev, Abbos G‘ulomov, Izzat Abdullaev, Ulug‘bek Hoshimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mashhur Muhammadjonov, Muhsin Ubaydullaev, Abdulloh Olimov, Shodiyor Hojimatov, Shahzod Ubaydullaev, Sherzod Karimov.

“Yangier”: Sarvar Husanov, Islom Baratov, Bekzod Tolibjonov, Shohruh Xolmatov, Muhriddin Rasulov, Said Abdujabbarov, Oybek Ahmatov, Jonibek Mirzaqulov, Behruz Shoayubxonov, Muhiddin Odilov, Jahongir Abdusalomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Husan Olimjonov, Bunyod Abdumannonov, Doston Berdiqulov, Turdibek Omonov, Zoyir Tursunov, Bunyod Shodiev, Nodir Nurmatov, Xushnud Bozorov, Xurshid Asqaraliev, Elyor Mamasoliev, Farruh Xojibekov.

Gollar: Izzat Abdullaev, Lutfulla To‘raev, Sirojiddin Qo‘ziev – Oybek Ahmatov.

Endi bevosita “Neftchi”dagi o‘zgarishlarga kelsak, “Bunyodkor”da to‘p surgan yarim himoyachi Dilshod Jo‘raev farg‘onaliklar safiga qo‘shildi va bugungi bahsda ham ishtirok etdi. Shuningdek, “Surxon”dan kelgan tojikistonlik himoyachi Zoir Jo‘raboev ham “Neftchi” safida to‘p surdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!