"Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv"ni yuta olmayapti
2002 yilda "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Lokomotiv" futbol klubining "Neftchi" bilan o‘zaro o‘yinlari hamisha murosasiz o‘tib kelgan.
Jamoalar hozirga qadar milliy chempionatimizda 29 uchrashuv o‘tkazgan. Ularning 7 tasida farg‘onaliklar, 16 tasida poytaxtliklar zafar quchgan, 6 ta bahs durang natija bilan o‘z nihoyasiga etgan. Umumiy to‘plar farqi 34-50 "Lokomotiv" foydasiga.
Jamoalarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:
11.08.2018. "Lokomotiv"-"Neftchi" 1:1
27.05.2017. "Lokomotiv"-"Neftchi" 4:0
01.04.2016. "Lokomotiv"-"Neftchi" 4:0
22.03.2015. "Lokomotiv"-"Neftchi" 1:1
02.11.2014. "Lokomotiv"-"Neftchi" 4:2
"Neftchi" matbuot xizmati

Fikrlar