"Neftchi"ni yana ikki futbolchi tark etdi

  • 6 yanvar, 2024, 02:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Tez orada "Neftchi"ni yana ikki futbolchi tark etadi, deya xabar bermoqda "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsum farg‘onaliklar safida harakat qilgan Oleksiy Larin va Sharof Muxiddinovlar "Neftchi"dan ketmoqda. Tomonlar o‘zaro kelishgan xolda kontraktni cho‘zmaslikka qaror qilgan.

Ukrainalik himoyachi 2022 yil yozda erkin agent sifatida jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan. U klubi safida umumiy 39 ta o‘yinda maydonga tushdi. Muhiddinov esa ushbu yozda "Nasaf" a’zosiga aylangandi. Avvalroq, yarim himoyachini OKMK o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkinligi borasida xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Yuldashev
06/01/2024 07:15
Насаф аъзоси ?
&
Farxod Mirzamatov
06/01/2024 07:00
Nasaf Neftchi bitta jamoami?