
"Neftchi"ni yana qator o‘yinchilar tark etdi
Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqich jarayoniga bir necha futbolchilar taklif etilgan. Poytaxtda olib borilayotgan yig‘inlarda asosiy e’tibor yoshlarga berilib, ulardan saralangani asosiy tarkibga jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
O‘tgan mavsumda "Neftchi"da faoliyat yuritgan Darko Stanoevich, Mashhurbek Muhammadjonov, Salamat Quttiboev hamda Oybek Qilichevlar jamoani tark etishdi.
Superliga musobaqalarida "Neftchi" sharafini himoya qilishda qo‘shgan munosib hissalari uchun mazkur futbolchilarga minnatdorchilik bildirib,kelgusi faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz, - deyiladi "Neftchi" PFK matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval jamoa yarim himoyachisi Sirojiddin Qo‘zievning Malayziya klubiga o‘tgani to‘g‘risida ham saytimiz orqali ma’lumot bergandik. Tez orada ushbu futbolchi bilan tashkil etilgan suhbatni Sports.uz orqali o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar