"Neftchi"ning kutilgan o‘yini bo‘lmaydi

  • 26 fevral, 2021, 21:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasi poytaxtdagi tayyorgarlik jarayoni davomida 27 fevral kuni "Lokomotiv" klubi bilan oxirgi nazorat o‘yinida maydonga tushishi belgilangan edi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu bahs har ikkala tomonlarning kelishuviga asosan bekor qilindi va ertaga Pro liganing yangi vakili "Yangier" jamoasi bilan nazorat bahsi olib boriladi.

"Neftchi" - "Yangier" o‘yini 27 fevral kuni "Chig‘atoy" qarorgohi stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!