
Neymar, Pulishich, Gyundogan yoki Kazemiro? Qaysi biri eng zo‘r?
Xabaringiz bor, bu hafta Chempionlar ligasida chorak final javob bahslari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu nomga Neymar (PSJ – "Bavariya"ga qarshi o‘yinda darvoza tomon 3 ta aniq zarba); Kristian Pulishich ("Chelsi" - "Portu"ga qarshi bahsda 84 foiz aniq uzatma); Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti" - "Borussiya" Dortmundga qarshi o‘yinda 95 foiz aniq uzatma); Kazemiro ("Real" - "Liverpul"ga qarshi bahsda 80 foiz aniq uzatma) kabi futbolchilar da’vogarlik qilmoqda.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda. Siz ham so‘rovnoamada ishtirok etishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, PSJ yarim finalda "Manchester Siti"ga qarshi, "Chelsi" esa "Real"ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bosqich o‘yinlari 27 aprel va 5 may sanalarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar