
Neymar 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Liga 1 chempionatning 31-turidan o‘rin olgan PSJ hamda “Lill” (0:1) uchrashuvida Neymar tomonidan amalga oshirilgan harakatlarni ko‘rib chiqdi.
GFFN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, braziliyalik futbolchi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Endi Neymar "Strasbur", "Sent-Eten" va "Mets"ga qarshi o‘yinlarda jamoasiga yordam berolmaydi.
Neymar "Lill"ga qarshi o‘yinda raqib futbolchisi Tiagu Jaloni chiqish yo‘lagida itarib yuborgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan edi. U joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
31 turdan so‘ng PSJ Frantsiya chempionatida 2-o‘rinda bormoqda. Parijliklar peshqadam "Lill"dan 3 ochko ortda qolmlqda.
Fikrlar