Neymar alohida shug‘ullanmoqda

  • 24.07.2019 23:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyda turne o‘tkazayotgan PSJ forvardi Neymar ayni damda jamoadan alohida shug‘ullanmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Braziliyalik futbolchi Qatarga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida to‘pig‘idan olgan jarohatidan endi to‘liq forig‘ bo‘ldi va shu sababli yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Neymardan tashqari shuningdek Presnel Kimpembe va Toma Mene kabi futbolchilar ham jamoadan ajralgan holda shug‘ullanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymarning jamoadan ketishi borasida juda ko‘p xabarlar tarqaldi. Biroq, hozircha bu borada PSJga ma’qul keladigan takliflar kelib tushgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!