Neymar atayin Kimmixning jig‘iga tegmoqchi bo‘ldimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 14 aprel, 2021, 18:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi PSJ - "Bavariya" bahsi bo‘lib o‘tdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, parijliklar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yinni yakunlab beruvchi hushtak chalingan paytda Neymar Kimmixning ro‘parasida baqirgan holda g‘alabani nishonladi. 

Tecno

Bellashuvdan keyin jurnalistlar braziliyalik futbolchidan bu atayin Joshua Kimmixning jig‘iga tegish uchun qilindimi, deya so‘radi. 

"Men provokatsiya qilmoqchi emas edim. G‘alabaga erishgandik va men uni nishonlamoqchi edim. Leo (Paredes) ham o‘sha erda edi. Kimmixning ro‘paramdan chiqib qolgani shunchaki tasodif", - dedi 29 yoshli hujumchi. 

Parij klubining yarim finaldagi raqibi bugun bo‘lib o‘tadigan "Borussiya" Dortmund - "Manchester Siti" bahsida aniqlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!