Neymar ertaroq safga qaytishga majbur bo‘lishi mumkin
Braziliya terma jamoasi futbolchisi Neymar qachon maydonga qaytishi aniq bo‘ldi.
Hujumchi birinchi tur doirasida Serbiyaga qarshi bahsda jarohat olib, 79-daqiqada zaxiraga olingandi.
UOL xabariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi hotirjam. Neymar allaqachon normal yura boshlagan, to‘pig‘ining shishi pasaygan. Terma shifokorlari futbolchining tiklanishi uchun imkon qadar ko‘proq vaqt berish niyatidi, biroq uning safga qaytishi Braziliyaning natijalariga bog‘liq.
Neymar ikkinchi turdan o‘rin olgan Shveytsariyaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Agar "pentakampeon"lar ijobiy natijaga erisha olmasa, hujumchi uchinchi turda Kamerunga qarshi o‘ynashi mumkin. Bunday holatda, u og‘riqni kamaytirish va jarohatni qaytalanishi xavfini pasamaytirish uchun qo‘shimcha muolaja oladi.

Fikrlar