Neymar Messi bilan emas, Ronaldu bilan o‘ynashni orzu qilyapti

  • 12.05.2021 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar ayni paytda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p tepishni orzu qilayotganini aytdi.

- Men Krishtianu Ronalduni tanlayman. Faoliyatim davomida Lionel Messi va Kilian Mbappe singari zo‘r futbolchilar bilan birga o‘ynadim. Endi Ronaldu bilan birga to‘p tepishim kerak, - dedi Neymar.

Neymar 8 may kuni PSJ bilan 2025 yilning yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. Braziliyalik yulduz 2017 yili “Barselona”dan 222 million evro evaziga olib kelingan edi. Bu transfer rekordi hali yangilangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!