Neymar o‘tishi mumkin bo‘lgan klub nomi ma’lum bo‘ldi

  • 25.10.2025 09:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Al-Hilol”dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin 2025 yilning boshida yurtiga qaytib ketgan va qadrdon jamoasi “Santos”dan panoh topgan Neymar yana jamoasini o‘zgartiradigan bo‘ldi.

33 yoshli mashhur hujumchi yozda sensatsion transferga umid qilgandi. Biroq Neymar katta klublar e’tiboridan chetda qolmoqda.

Tajribali futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun kludagi ishlarini yo‘lga qo‘yib olishi shart. Karlo Anchelotti Neymar sport formasini tiklab, klub miqyosidagi uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatmagunicha, uni Braziliya terma jamoasiga chaqirmasligi ochiq aytdi.

Diario Sport nashrining yozishicha, Neymarning Evropaga qaytish orzusi puchga chiqqan. Biroq uning olidida yangi variantlar paydo bo‘la boshladi.

Ayni paytda “Santos” Neymar bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilyapti. Bu tomondan Lionel Messini yana ikki yarim yil jamoada qolishgan ko‘ndirgan “INter Mayami” endi Neymarni ham olib kelmoqchi.

Neymar “Santos”ga o‘tganidan keyin ham bir necha bor jarohat olib, safdan chiqdi. Bir yil davomida hujumchi 21 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga oltita gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi. Bunaqa ko‘rsatkich bilan yulduzlarga to‘lib-toshgan Braziliya terma jamoasidan joy olib bo‘lmasligini Neymarning o‘zi ham yaxshi anglab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!