Neymar qachon maydonga tushadi?

  • 13.04.2019 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ forvardi Neymar jarohatidan sog‘ayib umumiy guruhda shug‘ullanishni boshlagani haqida xabar bergan edik.

Braziliyalik futbolchining otasi RMC Sport nashriga bergan intervyusida Neymar "Renn"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Frantsiya kubogi finalida ishtirok etishini aytgan.

Ma’lumot uchun, “Renn” va PSJ jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 27 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar fevral oyida jarohat olgan va shundan buyon birorta ham uchrashuvda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!