Neymar qo‘rqishini tan oldi
PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar bosh bilan o‘ynashdan qo‘rqishini tan oldi.
“Bosh o‘ylash uchun kerak. O‘yinda esa men oyog‘imdan foydalanaman. Men bosh bilan yaxshi zarba beraman, hamda vaziyatlarni samarali yakunlay olaman. Lekin to‘g‘risini aytsam, bundan biroz qo‘rqaman. Yutqazsang darvozabondan zarba qabul qilib olasan. Keyin esa yiqilasan, kasalxona va jarohat. Shu bois to‘p maydonga tushgani yaxshi”, - dedi Neymar.
Neymar joriy mavsum PSJ safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar