Neymarga APL tomonlardan xaridor chiqdi

  • 24 dekabr, 2022, 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi hujum chizig‘ini jahon darajasidagi futbolchi bilan kuchaytirish niyatida.

Tecno

Caughtoffside nashri xabar berishicha, Braziliya terma jamoasi va PSJ" klubi yulduz hujumchisi Neymar “aristokratlar”ning yuqoridagi tanloviga mos keladi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” rahbariyati JCh-2022 vaqtida 30 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib borgan. Londonliklarning bu kelishuvni amalga oshirish uchun imkoniyatlari qanday ekanligi hozircha noma’lum, biroq ingliz grandi Neymar PSJni tark etishga qaror qilsa, albatta, o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi.

Ta’kidlash kerakki, braziliyalik futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Uning transfer narxi esa 75 million evro.

Neymar joriy mavsum Frantsiya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!