
Neymarning keyingi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi
Ayni paytda jarohatini davolatayotgan Neymar “Al-Hilol”dan keyin faoliyatini Braziliyada davom ettiradigan ko‘rinadi.
“Santos” klubi prezidenti Marselo Teysheyra 31 yoshli yulduz undan jamoada 11-raqamni band qilib qo‘ymaslikni so‘raganini ma’lum qildi.
- Menga Neymarni nominidan qo‘ng‘iroq qilishdi va “janob prezident, jamoa yuqori divizionga qaytmagunicha 10-raqamdan foydalanmaslikka qaror qildingiz, endi Neymar qaytmagunicha 11-raqamni ishlatmay turing", deyishdi.
Biz Neymarning qaytishini kutyapmiz. Bo‘lgan qo‘ng‘iroq menda bu masalaning ijobiy hal bo‘lishiga umid uyg‘otdi.
Jamoaning yuqori divizionga chiqishi va Neymarning qaytishi tezroq ro‘y berishini istaymiz. Shu bois, biz vaqtincha 10 va 11-raqamlardan foydalanmay turamiz. Ilgari 10-raqamda Pele o‘ynagan. 11-raqam ham o‘z egasini kutadi, - dedi Marselo Teysheyra.
Eslatib o‘tamiz, bu yil “Santos” o‘z tarixida ilk bor Braziliya chempionatining yuqori divizionidan quyi ligasiga tushib ketdi.
Fikrlar