Neyt Diaz: "Ayni damda hech kim bilan jang qila olmayman, chunki..."

  • 31.08.2025 12:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Aralash jang san’ati yulduzi Neyt Diaz o‘zining oktagonga qaytishi nega ortga surilayotganini tushuntirdi. 

“Hamma ehtimoliy raqiblar band. Hech kim bilan jang qila olmayman. Men yiliga uch marta oktagonga chiqmoqchiman, biroq barcha jangchilar band qilib qo‘yilgan. Iloji boricha tezroq qaytishni xohlayman, ammo vaziyat shunday”, — deya Diazning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli amerikalik Diaz avvalroq  ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan trilogiya o‘tkazishga tayyorligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!