
Ngannu: "Imkoniyatlar 50-50!"
Og‘ir vazn toifasi sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu toifaning amaldagi titul egasi Jon Jons va da’vogar Stipe Miochich o‘rtasidagi bo‘lajak to‘qnashuvga o‘z taxminlarini bildirdi.
"Men bu jangda imkoniyatlarni 50-50 deb baholagan bo‘lardim. Sababi, men Stipe bilan ikki marta to‘qnash kelganman va uni juda yaxshi bilaman. Miochichning potentsiali yuqori. Zarbasi anchagina qattiq", - deydi Ngannu.
Eslatib o‘tamiz, Jon Jons (27-1) titul himoya jangini aynan Stipne Miochich (20-4) ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 12 noyabr kuni UFC 295 doirasida bo‘lib o‘tadi.
Ngannu (MMA 17-3) esa, 28 oktyabrda Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (33-0-1, 24 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot o‘rnida, Frensis Stipe bilan UFC'da 2 marta to‘qnash kelib, bir g‘alaba hamda bir mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar