
"Barselona" bu toifa futbolchilarni haydamoqda!
Yana bir niderlandiyalik futbolchi Memfis Depay "Barselona"ni tark etishga yaqin turibdi.
"AS" nashri bergan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" niderlandiyalik futbolchining suratlarini AQSh sayohati uchun tayyorlangan muqovadan o‘chirib tashlashni so‘radi.
Ayni vaqtda 28 yoshli futbolchiga "Yuventus", "Tottenxem" hamda "Inter" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi uni 20-25 million evroga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Depay o‘tgan mavsum La Liga doirasida 28 o‘yinda maydonga tushib, 12 bora raqilar darvozasini ishg‘ol qildi va 2021/2022 yilgi mavsum klub to‘purariga aylandi.
Fikrlar