Nigina O‘ktamova qizlar o‘rtasida Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi!

  • 31 avgust, 2021, 15:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor kecha BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘smir va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda har ikki terma jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, shoda-shoda medallarni qo‘lga kiritdilar. 

Jumladan qizlar bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz ham beshta oltin va beshta bronza medalini qo‘lga kiritib, ajoyib natija qayd etdilar. Quvonarlisi, -57 kg vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan vakilamiz Nigina O‘ktamova chempionatning yosh qizlar o‘rtasidagi eng yaxshi bokschisi, deya topildi. 

Chempionlik hamda ushbu e’tirof muborak bo‘lsin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!