
Nihoyat, "Andijon" safiga ham yangi futbolchilar qo‘shilmoqda
“Andijon” jamoasi kechadan boshlab mashg‘ulotlarni Toshkentda davom ettiryapti. Tarkibda esa ayrim o‘zgarishlar yo‘q emas. Klub matbuot xizmati jamoaga qo‘shilgan yangi o‘yinchilar haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, ushbu yig‘inda “Andijon” safiga ko‘rikdan o‘tish uchun quyidagi futbolchilar qo‘shilgan:
Darvozabonlar:
Eldor Adhamov - Qo‘qon-1912
Ma’mur Ikromov - Xo‘jand (Tojikiston)
Akobir Qayumov - Bunyodkor
Himoyachilar:
Xurshid Ubaydullaev - Bunyodkor
Shoxruh Holmatov - Nurafshon (Buxoro)
Sardor Xursanov - Turon
Hujumchi:
Alfayzi Ne’matov - Bunyodkor
Ertaga yana bir qator tajribali futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Yana shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, bugun “Andijon” jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida AGMKga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar